Bunga ishonish qiyin. Ammo Germaniyaga qochoq maqomida kelgan migrantlarning 400 mingdan ortig‘i o‘z tug‘ilgan sanasini 1 yanvar qilib ko‘rsatgani aniqlangan.
Gap shundaki, ko‘plab muhojirlar Germaniyaga hujjatlarsiz kelishadi. Va voyaga yetmagan shaxs sifatida ko‘proq to‘lov olish uchun o‘z yoshini pasaytirib ko‘rsatadi. Yoki o‘z o‘tmishini berkitish uchun aslida kim ekanligini bildirishni xohlamaydi. Kim biladi, balki u oldin jinoyatchi bo‘lgandir?! Bunday holat asosan Afrika, Yaqin Sharq, G‘arbiy Osiyo mamlakatlaridan borgan qochoqlarda kuzatiladi.
Buni qarangki, ularning orasida Suriya, Afg‘oniston kabi mamlakatlarda jangarilar safida bo‘lganlar ham bor ekanligi, keyinchalik terrorchilik harakatlarini amalga oshirgan yo rejalashtirayotgan jinoyatchilar chiqqani ham ma’lum bo‘lgan.
Chunki Germaniya noqonuniy migrantlarni ham yangi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va yashashi uchun sharoitlar bilan ta’minlaydigan davlat hisoblanadi.