Germaniya va NATO davlatlari Rossiya bilan urushga ikki yil ichida tayyor bo‘lishi kerak, dedi britaniyalik harbiy ekspert.
Buyuk Britaniyaning Royal United Services Institute (RUSI) tahlil markazi mutaxassisi Ed Arnoldning fikriga ko‘ra, Shimoliy Atlantika alyansi davlatlari ikki yil ichida Rossiya bilan harbiy mojaroga jalb etilishi mumkin.
"Germaniya hukumati Kremldan kelayotgan tahdidlarni inobatga olgan holda, mudofaa sektoriga investisiyalarni o‘n yillarga mo‘ljallab rejalashtirishga ulgurmasligi mumkin. Buning o‘rniga Bundesver birinchi navbatda ishonchli qurol tizimlari va o‘q-dorilar, ayniqsa artilleriya zaxiralarini tezda oshirishga e’tibor qaratishi kerak", — deya urg‘u berdi ekspert.