Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Germaniya Ukrainaga 350 dan ortiq generator yuboradi

Germaniya Ukrainaga 350 dan ortiq generator yuboradi

Germaniya Ukrainaga 350 dan ortiq elektr generatorlarini jo‘natadi va energetika infratuzilmasini ta’mirlash uchun 56 million yevro miqdorida moliyaviy yordam beradi, dedi Germaniya hukumati vakili Shteffen Xebeshtrayt.

Avvalroq G7ga hozirda raislik qilayotgan Germaniya NATOning Buxarestdagi sammiti doirasida Ukrainadagi energetika inqirozini muhokama qilish uchun yig‘ilish o‘tkazgan edi.

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Burbokning aytishicha, yig‘ilish ishtirokchilari 13 dekabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiya oldidan Ukrainaning eng dolzarb ustuvor yo‘nalishlari va ehtiyojlarini tushunish va aniqlashga harakat qilishgan.

Kiritildi: 23:53 29.11.2022. O'qildi: 2054 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!