Germaniya kansleri Olaf Shols hukumatdagi asosiy vazirlardan birining ishdan bo‘shatilishiga izoh berdi.
Sholsning so‘zlariga ko‘ra, Lindner uch yil davomida koalisiya qarorlarini bloklab kelgan, shuning uchun "keyingi hamkorlikka endi ishonch yo‘q".
Germaniya kansleri, shuningdek, mart oyida muddatidan oldin saylov o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun 15 yanvar kuni Bundestagda o‘z hukumatiga ishonch masalasini ovozga qo‘yilishini ma’lum qildi.
Kansler vise-kansler Robert Habekning Germaniyaning kelajakdagi siyosiy yo‘nalishiga tezkorlik bilan aniqlik kiritish zarur degan fikrga qo‘shilishini bildirdi. Rojdestvoga qolgan haftalar ichida Shols Bundestagda tezkor qabul qilishni talab etuvchi, xususan, sanoatni favqulodda qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, pensiyalarni barqarorlashtirish choralarini ko‘rishni talab qiladigan barcha qonun loyihalarini ovozga qo‘yish niyatida.