Germaniya fashistlar davridan beri birinchi marta o‘zining muntazam qo‘shinlarini boshqa mamlakatga joylashtirish uchun yubordi.
Bu haqda Military Watch Magazine xabar bermoqda.
Germaniya armiyasi Litva poytaxti Vilnyusda o‘z bo‘linmalarini joylashtirishni boshladi va yangi 45-tank brigadasini tuzdi.
2023 yil dekabr oyida Litva va Germaniya mudofaa vazirlari Arvidas Anushauskas va Boris Pistorius Vilnyusda 2027 yilgacha respublikada nemis brigadasini joylashtirish bo‘yicha harakatlar rejasini imzoladi.
Asosiy birikmalarni ko‘chirish 2025 yilda boshlangan. Ikki yil ichida Rudninka poligonidagi nemis brigadasi to‘liq operativ tayyorgarlikka erishishi kerak.