Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Germaniya hukmron koalisiya qulaganiga qaramay, Ukrainaga keyingi yordamni kafolatlaydi

Germaniya hukmron koalisiya qulaganiga qaramay, Ukrainaga keyingi yordamni kafolatlaydi

"Ukrainaga harbiy va moliyaviy yordam kafolatlangan, biz milliy darajada ham, G7 doirasida ham katta yordam beramiz", — deya ma’lum qildi Germaniya hukumati matbuot kotibi o‘rinbosari Kristian Hoffman.

6 noyabr kuni Germaniyada uch partiyadan iborat hukmron koalisiya 2025 yilgi federal budjet bo‘yicha murosasiz kelishmovchiliklar tufayli barbod bo‘ldi.

Hali ham tasdiqlanmagan budjet loyihasiga ko‘ra, Germaniya 2025 yilda Ukrainaga 4,4 milliard yevro ajratishi kerak, bu 2024 yilgidan sezilarli darajada kam. Joriy yilda Berlin Kiyevga taxminan 8 milliard yevro miqdorida yordam ajratgan.

Kiritildi: 21:48 08.11.2024. O'qildi: 841 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!