Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Germaniya COVID-19ga qarshi “antitanachalar asosidagi kokteyl”ni sotib oldi

Germaniya COVID-19ga qarshi “antitanachalar asosidagi kokteyl”ni sotib oldi

Germaniya hukumati kasallikning dastlabki bosqichidan og‘ir shaklga o‘tishga yo‘l qo‘ymaydigan monoklonal antitanachalardan iborat dorini sotib olishga qaror qildi.

Bu haqda “Bild am Sonntag” gazetasi xabar berdi.

Germaniya sog‘liqni saqlash vaziri Yens Shpanning ta’kidlashicha, mamlakat ushbu preparatni ma’qullagan birinchi Yevropa davlatiga aylanadi.

“Ha, keyingi haftadan boshlab biz Germaniyada Yevropa Ittifoqining monoklonal antitanachalardan foydalanishni boshlagan birinchi mamlakati bo‘lamiz”, degan Shpan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat 200 ming dozani sotib olish uchun 400 million yevro sarflagan va preparat birinchi navbatda universitet klinikalarida qo‘llaniladi.

Kiritildi: 20:00 24.01.2021. O'qildi: 1482 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!