Bugun 7 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

Germaniya 2024 yilda Rossiya uranining importini deyarli 70 foizga oshirdi

Germaniya 2024 yilda Rossiya uranining importini deyarli 70 foizga oshirdi

Germaniya 2024 yilda Rossiya uranining importini o‘tgan yilga nisbatan qariyb 70 foizga oshirib, 68,6 tonnaga yetkazdi.

Bu haqda Quyi Saksoniya atrof-muhit, energetika va iqlimni muhofaza qilish vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, uran Lingen shahridagi Advanced Nuclear Fuels ANF yadro yoqilg‘isi ishlab chiqarish zavodiga yetkazilgan. ANF Fransiyaning Framatome kompaniyasining sho‘’ba korxonasi hisoblanadi.

Germaniya atrof-muhit, tabiatni muhofaza qilish, yadroviy xavfsizlik va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federal vazirligi mintaqaviy agentlik ma’lumotlarini tasdiqladi.

"Hozirda Yevropa Ittifoqining tinch maqsadlarda uran importi va eksportiga embargosi yo‘q", - deya tushuntirdi departament.

Kiritildi: 22:28 03.01.2025. O'qildi: 612 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!