Italiya poytaxti Rim shahrida World Boxing tashkilotining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda tashkilotga yangi rahbar saylandi. O‘rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Gennadiy Golovkin kutilganidek World Boxing tashkilotini boshqardigan bo‘ldi. Ovoz berishga faqatgina bitta nomzod qo‘yildi. Saylov raqobatdan holi o‘tdi. Qozog‘iston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti ikkinchi muddatga nomzodini qo‘ymagan niderlandiyalik Boris van der Vorstning o‘rnini egalladi.
"Mening missiyam boksning Olimpiya kelajagini saqlab qolish, ishonchni mustahkamlash va sportchilarni, murabbiylarni, federasiyalarni sportimizni rivojlantirishga bo‘lgan intilishlarida qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Maqsadimiz: Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi tomonidan to‘liq e’tirof etilishiga erishish va Olimpiya o‘yinlarida: Los-Anjeles-2028, Brisben-2032 va undan keyingi yillarda boksni saqlab qolish", - dedi 43 yoshli Golovkin.
Ma’lumot uchun, 2025 yil boshida World Boxing tashkiloti Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) tomonidan tan olingan edi.