Bugun 22 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

General Kirillovning qotili bir umrga qamaldi

General Kirillovning qotili bir umrga qamaldi

2024 yil 17 dekabr kuni Moskvada Rossiya Radiasion, kimyoviy va biologik himoya qo‘shinlari boshlig‘i general Igor Kirillov va uning adyutanti Ilya Polikarpov qurbon bo‘lgan edi.

Qotillikda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Ahmadjon Qurbonov* bir umrlik qamoq jazosiga mahkum qilindi.

U Ukraina maxsus xizmatlari ko‘rsatmasi (https://t.me/sputnikuzbek/45212) bilan pod’ezd oldiga minalashtirilgan samokatni qo‘yib ketgan. Ushbu jinoyat uchun unga 100 000 dollar pul va Yevropa Ittifoqiga viza va’da qilingan.

Jinoyatni tashkillashtirishda ayblangan yana 3 nafar fuqaroga 18 yildan 25 yilgacha qamoq jazosi berildi.

Kiritildi: Bugun 08:25. O'qildi: 432 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!