Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Gazprom” Rossiyaning eng daromadli 100 ta kompaniyasi qatoridan chiqdi

 “Gazprom” Rossiyaning eng daromadli 100 ta kompaniyasi qatoridan chiqdi

Forbes’ga ko‘ra, 2023-yilni “Gazprom” 583 mlrd rubl zarar bilan yakunlagan. “Kommersant” nashri esa zararni 629 mlrd rublga baholamoqda. Har qanday holatda ham, bu 25 yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich.

Kompaniya muammolarining asosiy sababi eng ko‘p foyda keltirgan Yevropa Ittifoqi bozorining yo‘qotilishi ekani aytilmoqda. Rossiyaning eng daromadli kompaniyalari reytingining yangi peshqadami “Rosneft” bo‘ldi.

Reytingda ikkinchi o‘rinda 1,509 trln rubl sof foyda bilan «Sberbank», uchinchi o‘rinda esa «Surgutneftegaz» (1,32 trln) joy olgan. Birinchi o‘nlikka, shuningdek, «Lukoyl» (1,16 trln.), «Novatek» (469,5 mlrd), VTB (432,2 mlrd), «Saxalinskaya energiya» (315,3 mlrd), «Transneft» (306,6 mlrd), «Tatneft» (286,3 mlrd), «Norilskiy Nikel» (251,8 mlrd) kirdi.

Forbes qayd etilganidek, reytingdagi 100 ta kompaniyaning umumiy foydasi 13,2 trillion rubldan oshdi. Bir yil avval bu ko‘rsatkich 9,27 trillion rublni tashkil qilgan edi.

Kiritildi: 23:40 27.09.2024. O'qildi: 1112 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!