Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

G‘azolik 50 nafar bola davolanish uchun Kolumbiyaga olib kelinadi

G‘azolik 50 nafar bola davolanish uchun Kolumbiyaga olib kelinadi

Isroilning G‘azo sektorida uyushtirgan hujumlari natijasida yaralangan 50 nafar bola davolash uchun Kolumbiyaga olib kelinadi. Bu haqda jurnalistlarga Kolumbiya tashqi ishlar vaziri Luis Gilberto Murillo ma’lum qildi, deydi “Anadolu”.

Vazirning qayd etishicha, mamlakatga olib kelingan falastinlik bolalar harbiy gospitalda davolanadi. Unga ko‘ra, bolalar Misr orqali mamlakatga olib kelinadi.

“Maqsad Kolumbiyaga G‘azo sektoridagi hujumlar natijasida yaralangan yoki nogiron bo‘lgan 35 dan 50 gacha bolalarni olib kelish. Biz ularni hamrohlari bilan bu yerda 6 oygacha joylashtirmoqchimiz. Keyin ular yana Misrga yetkaziladi”, — dedi Kolumbiya TIV rahbari.

Murillo, bu borada Misr va Iordaniya tashqi ishlar vazirlaridan kerakli yordamni olganini qayd etdi.

“Biz ularning (bolalar) tiklanishiga hissa qo‘shadigan protez va boshqa jihozlarni tayyorlayapmiz. Hozircha sizga aniq kelish sanasini ayta olmayman, lekin biz jiddiy yutuqlarga erishdik. Prezident Gustavo Petro allaqachon kerakli buyruqlarni bergan”, dedi u.

Kolumbiya boshqa mamlakatlarni G‘azo sektoridagi bolalarni davolashga hissa qo‘shishga undash uchun barcha sa’y-harakatlarini qilmoqda, deya qo‘shimcha qildi Murillo.

Kiritildi: 08:40 23.06.2024. O'qildi: 1253 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!