Bugun 2 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

G‘azoga iyulda dahshatli ocharchilik xavf solmoqda

G‘azoga iyulda dahshatli ocharchilik xavf solmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon oziq-ovqat dasturi Rafahdagi omborlarda oziq-ovqat zahiralari tugagani sababli G‘azo sektori janubidagi vaziyat yomonlashishidan xavotirda.

Bu haqda WFP ijrochi direktori o‘rinbosari Karl Skau ma’lum qildi.

"Biz Rafahdagi operasiya oldidan odamlarga oziq-ovqat berish uchun zaxiralarni tayyorladik, ammo u tugamoqda va bizda avvalgidek kirish imkonimiz yo‘q", dedi rasmiy va muammo yanada kuchayganini ta’kidladi.

Uning aytishicha, "bir millionga yaqin odam tor joyga tiqilib qolgan".

"Bu yerda bizda suv ta’minoti va sanitariya sohasida haqiqiy ofat bor, odamlar ko‘chalarda, plyajda, eng yaxshisi, qandaydir boshpana bilan chodirlar qurishadi" - dedi u.

Skau, shuningdek, WFP yordam yuk mashinalari G‘azodagi chegara o‘tish joylaridan o‘tishni kutayotganini aytdi.

"Biz kuniga besh-sakkiz soatni nazorat-o‘tkazish punktlarida o‘tkazamiz", dedi Skau.

BMT agentliklariga ko‘ra, G‘azoda milliondan ortiq odam iyul oyi o‘rtalariga qadar qattiq ocharchilikka duch kelishi mumkin.

Kiritildi: 22:10 22.06.2024. O'qildi: 729 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!