Bugun 4 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

G‘azodagi urush — bolalarga qarshi urush

G‘azodagi urush — bolalarga qarshi urush

BMTning Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam agentligi yozma bayonot bilan chiqib, Isroilning G‘azodagi urushi "bolalarga qarshi urush" deb atalishini va u zudlik bilan to‘xtatilishi kerakligini ta’kidladi.

"Bolalar har doim himoyalangan bo‘lishi kerak", — deyiladi bayonotda.

YUNRUA ma’lumotlariga ko‘ra, 660 ming bola uch yildan beri maktabga bora olmayapti. Agentlik falastinlik bolalar "yo‘qolgan avlod"ga aylanishi mumkinligidan ogohlantirib, zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga va bolalarni ta’lim hamda oddiy hayotga qaytarishga chaqirdi.


Falastin Ta’lim vazirligi ma’lum qildi:

  • Okkupasiya ostidagi G‘arbiy Sohilda yangi o‘quv yili sentyabr boshida boshlanadi.

  • Biroq G‘azoda 700 mingga yaqin o‘quvchi ta’limni to‘xtatgan, 70 ming bola esa ikki yildirki o‘rta maktabga bormaydi.

2023 yil 7 oktyabrdan 2025 yil 26 avgustgacha bo‘lgan davrda:

  • G‘azoda Isroil tomonidan 17 mingdan ortiq maktab o‘quvchisi va 1 261 nafar universitet talabasi o‘ldirilgan.

  • 25 mingdan ortiq o‘quvchi va 2 671 talaba yaralangan.

G‘arbiy Sohilda esa:

  • 108 o‘quvchi va 35 talaba o‘ldirilgan,

  • 739 o‘quvchi va 231 talaba yaralangan,

  • 372 o‘quvchi va 413 dan ortiq talaba hibsga olingan.

Ta’lim sohasidagi xodimlar orasida:

  • G‘azoda 739 maktab o‘qituvchisi va 226 universitet o‘qituvchisi halok bo‘lgan,

  • 3 091 maktab va 1 421 universitet xodimi yaralangan.

  • G‘arbiy Sohilda esa 5 o‘qituvchi halok bo‘lgan, 21 nafari yaralangan, 182 o‘qituvchi va 17 universitet xodimi hibsga olingan.


Vazirlik ta’kidlaganidek, Isroil AQShning ko‘magida ommaviy qirg‘in, vayronagarchilik va majburiy ko‘chirish amaliyotlarini davom ettirmoqda, hamda xalqaro chaqiriqlar va Xalqaro sud qarorlarini inkor etmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra:

  • G‘azodagi urush natijasida 63 371 falastinlik halok bo‘lgan, ularning ko‘pchiligi ayollar va bolalardir;

  • 159 835 kishi yaralangan;

  • 9 mingdan ortiq odam bedarak yo‘qolgan;

  • Ochlikdan 332 kishi, jumladan 124 bola vafot etgan.

Kiritildi: 12:55 01.09.2025. O'qildi: 545 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!