Bugun 7 iyul, 2024 yil, yakshanba

КИР

G‘azodagi operasiya yakuniy bosqichga kirdi - Netanyaxu

G‘azodagi operasiya yakuniy bosqichga kirdi - Netanyaxu

Bu haqda Isroil bosh vaziri dushanba kuni mintaqa janubida jang qilayotgan 143-hududiy divizion «Shualey Ha-Esh» (G‘azo diviziyasi) qo‘mondonlari va askarlari bilan muloqotdan so‘ng gapirdi.

Benyamin Netanyaxu Quddusdagi Milliy xavfsizlik kollejida kursantlar uchun o‘tkazilgan ziyofat chog‘ida «Biz HAMAS terrorchi armiyasini yo‘q qilish bosqichi yakuniga yaqinlashmoqdamiz», dedi. «Biz ularning qoldiqlari bilan kurashishda davom etamiz.»

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Misr bilan chegara yaqinidagi Rafah shahridagi operasiyada «juda muhim taraqqiyot» kuzatilgan. Hujum Xamasning so‘nggi yirik jangovar kuchlarini yo‘q qilishga qaratilgan.

Kiritildi: 15:22 02.07.2024. O'qildi: 624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!