Falastinlik faol Instagram sahifasida G‘azo shimolidagi bir guruh bolalar urush boshlanganidan beri birinchi marta meva ko‘rganidan xursand bo‘layotgani aks etgan videoni baham ko‘rdi.
Faol Yahyo Al-Avade videoga shunday izoh berdi: "Gazo shimolidagi hududga 14 oy ichida birinchi marta meva kirib kelganidagi bolalarning quvonchi".
Videoni Al-Jaziraning faktlarni tekshirish agentligi Sanad tasdiqlagan.