G‘azo sektoridagi ochlik xavfi borasida “Save the Children”, “Chegarasiz shifokorlar” kabi yirik tashkilotlar ham ishtirok etgan 100 dan ortiq insonparvarlik guruhi qo‘shma bayonot bilan chiqdi.
Bayonotda ta’kidlanishicha, falastinliklar umid va mahzunlik o‘rtasida yashamoqda — har kuni yordam yoki otashkesimdan umid qilar ekan, sharoit yanada yomonlashib bormoqda.
“Falastinliklar yordam yoki to‘xtashni kutmoqda, ammo har safar yanada yomonroq voqelikka ko‘z ochmoqda”, — deyiladi qo‘shma bayonotda.
Sionist rejim G‘azoga yordam yetkazilishi keskin kamayganini tan oldi, ammo rasmiylar aybni insonparvarlik tashkilotlariga, jumladan, o‘z nazorati ostidagi ayrim agentliklarga tortmoqda.
BMT agentliklari esa izchil ravishda Isroil tomonidan gumanitar yuklar uchun xavfsiz yo‘llar bermayotgani haqida xabar bermoqda.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, o‘nlab fuqarolar, jumladan bolalar, yaqin haftalarda qonsizlik va ozuqa yetishmasligidan vafot etgan.
Qo‘shma bayonotda shuningdek, oxirgi ikki oy ichida yordam olish uchun harakat qilgan yuzlab falastinliklar o‘ldirilgani ham ta’kidlangan.
Insonparvarlik tashkilotlari xalqaro hamjamiyatni blokadani tugatish va yordam yetkazishga erkin kirish imkonini berishga chaqirmoqda.