Tez yordam mashinalari va qutqaruvchilar Isroil mudofaa kuchlarining G‘azo sektori shimolidagi zarbasidan so‘ng vayronalar ostida qolib ketgan ko‘plab qurbonlarga yordam bera olmayapti.
Bu haqda Qatarning Al Jazeera telekanali Kamol Advan kasalxonasi direktori Husam Abu Safiyaga asoslanib xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil armiyasi atrofdagi turar-joy hududlariga zarba berganidan so‘ng o‘nlab qurbonlarning jasadlari Kamol Advan kasalxonasiga yetkazilgan, ular orasida ko‘plab ayollar va bolalar ham bor. "Ko‘p odamlar hali ham vayronalar ostida qolib ketgan, biroq vayronalar ostida qolganlarni qutqarib qolishning iloji yo‘q" - dedi shifoxona direktori va Isroil askarlari "hududni o‘rab olgani va qutqaruvchilarning u yerda ishlashiga ruxsat bermayapti".