Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

G‘azoda boshqa boradigan joy qolmadi – BMT

G‘azoda boshqa boradigan joy qolmadi – BMT

G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrida 1 milliondan ortiq aholi tasavvur qilib bo‘lmaydigan azob-uqubatlarga duch keldi. G‘azoda boshqa boradigan joy qolmagan. Bu haqda BMT bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Martin Griffits ma’lum qildi.

U Isroil armiyasining Rafah hududiga qilishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy hujumi haqida fikr bildirdi.

“Ko‘chalar minalar bilan to‘ldirilgan, mahallalar bombardimon qilingan. Bir necha oylar davomida tinch aholi bombalar, oziq-ovqat tanqisligi va kasallik sharoitida ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ldi”, deydi Griffits.

“Ular qayerga borishlari mumkin? Qanday qilib ular xavfsiz qolishlari mumkin? G‘azoda boshqa boradigan joy yo‘q”, deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakili G‘azoning tinch aholisini himoya qilishga, ularni boshpana, oziq-ovqat va tibbiy xizmatlar bilan ta’minlashga chaqirdi.

Avvalroq Isroil bosh vazirligi idorasi “G‘azo janubida HAMASning to‘rtta batalyonini yo‘q qilmasdan turib, urush maqsadiga erishish mumkin emas”, deb aytgan edi.

Kiritildi: 14:54 10.02.2024. O'qildi: 1346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!