G‘azo sektorida harbiy amaliyot boshlangan o‘tgan yilning oktabr oyidan beri Isroil harbiylarining harakatlari natijasida 43,5 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi, 102,7 mingga yaqini yaralandi.
Bunday ma’lumotlar anklav Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan e’lon qilindi.
«2023 yil oktabr oyidan beri Isroilning G‘azodagi agressiyasi qurbonlari soni 43 508 kishiga yetdi, yana 102 684 kishi jarohat oldi», — deyiladi departamentning xulosasida.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining ta’kidlashicha, «so‘nggi 24 soat ichida G‘azoda Isroilning bombardimonlari va o‘qqa tutilishi natijasida 39 falastinlik halok bo‘ldi, yana 123 kishi yaralandi».