2023 yil oktyabr oyida anklavda jangovar harakatlar boshlanganidan beri Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi harakatlari natijasida 45,8 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi, 109 mingdan ortiq kishi jarohatlandi.
Bunday ma’lumotlarni Falastin anklavining Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘zining Telegram’dagi kanalida keltirgan.
"Isroilning 2023 yil oktyabr oyidan beri G‘azodagi harbiy harakatlari natijasida halok bo‘lganlar soni 45 805 kishiga yetdi, 109 064 kishi jarohat oldi", — deyiladi bayonotda.
Departament, shuningdek, so‘nggi 24 soat ichida anklavda Isroilning o‘qqa tutilishi va bombardimon qilishi natijasida 88 falastinlik halok bo‘lgan va yana 208 kishi jarohatlanganini ta’kidladi.