Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

G‘azo shimolidagi butun aholi kasallik, ochlik va zo‘ravonlikdan o‘lish xavfi ostida

G‘azo shimolidagi butun aholi kasallik, ochlik va zo‘ravonlikdan o‘lish xavfi ostida

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 393 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar G‘azo markazi, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 43259 kishi shahid bo‘ldi.

▪️Nuseyrat lageridagi ikkita turar-joy binosining portlashi natijasida 84 kishi, jumladan, 50 nafar bola halok bo‘lgan. O‘nlab odamlar yaralangan va bedarak yo‘qolgan. Lager oxirgi 24 soat davomida doimiy hujum ostida.

▪️Al-Qassam brigadalari: Jangchilarimiz Jabaliya lagerida 12 nafar askar bo‘lgan uyni portlatib yuborishdi.

▪️Bosqinchilar Livandagi 25 ta aholi punktiga hujum qildi. Kun davomida 52 kishi halok bo‘ldi, 72 kishi jarohat oldi. Qurbonlarning aksariyati Bekaa vodiysida bo‘lgan.

▪️ “Hizbulloh” Tel-Aviv, Xayfa, Kiryat Shmona, Safad, Kfar Ladi va Karmiyel aholi punktlariga raketalarni uchirdi. Asosiy janglar Xiam shahri hududida bo‘lib o‘tdi, u erda qarshilik ko‘rsatuvchilar ko‘p sonli bosqinchilarni yo‘q qilishdi.

▪️BMT: G‘azo shimolidagi butun aholi kasallik, ochlik va zo‘ravonlikdan o‘lish xavfi ostida. Isroil Xalqaro Sudning vaqtinchalik buyruqlari va qarorlarini bajarishi kerak.

▪️BMT maxsus ma’ruzachisi Francheska Albanese: G‘azodagi falastinliklarning genosidi tufayli BMT a’zolari Isroilning BMTdagi a’zoligini to‘xtatishi kerak.

▪️Pentagon: Biz Yaqin Sharqqa to‘xtatuvchi qiruvchi samolyotlar, yonilg‘i quyish samolyotlari va uzoq masofali bombardimonchi samolyotlarni yuboramiz.

Kiritildi: 23:15 02.11.2024. O'qildi: 906 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!