Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Gavayi shtati AQShdan ajralib chiqmoqchi

A A A
Gavayi shtati AQShdan ajralib chiqmoqchi

Britaniyalik jurnalistlar Gavayi shtatining Qo‘shma Shtatlardan ajralib chiqish istagi kuchayganini bilib oldilar. Vaziyat shu yilning avgust oyida Gavayida sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inlari tufayli yanada og‘irlashdi, deya xabar beradi "Guardian".

"G‘arbiy Mauinida avgust oyida sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inlaridan keyin Gavayi aholisining suverenitet uchun kurashi yangi dolzarblik kasb etdi", deb yozadi gazeta.

Mahalliy faollarning fikricha, AQShdan ajralib chiqish Gavayi orollarini avlodlar uchun saqlab qolishning yagona yo‘li.

Eslatib o‘tamiz, o‘rmon yong‘inlari 9 avgust kuni Maui orolini qamrab olgandi. Ko‘plab turar-joy binolari vayron bo‘ldi, 100 dan ortiq odam halok bo‘ldi, mingdan ortiq odam bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida.

Kiritildi: 14:40 09.09.2023. O'qildi: 3937 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik