Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Garovdagi yuk transporti qidiruvda topildi

Garovdagi yuk transporti qidiruvda topildi

Ma’lumki, jismoniy va yuridik shaxslarga bankdan olingan kreditlarni belgilangan muddatda to‘lab borish majburiyatini yuklangan. Biroq, ayrim hollarda ushbu olingan kredit summasini qaytarishni paysalga solayotgan mijozlar ham uchrab turgani bor gap.

Masalan, Chust tumanidagi “Chust Alijon servis” xususiy korxonasi ham tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bank filialidan olingan kreditni vaqtida to‘lamagani qimmatga tushdi. Filial tomonidan bir necha bor ogohlantirishga qaramay korxona kredit to‘lovlaridan 117.051.850 so‘m qarzdor bo‘lib qoladi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlararo sudining qaroriga ko‘ra kredit qarzini undirish ijroga qaratiladi. Byuroning Chust tuman bo‘limi ish yurituvidagi mazkur ijro ishi yuzasidan undiruv  garovdagi davlat raqami 50 K 955 NA “DAF TRUCKC TE 95 XF 480” rusumli yuk trasnportiga qaratildi. Olib borilgan ijro harakatlari jaryonida qarzdor garovdagi mol-mulkni yashirishga urinadi va javobgar fuqaroga tegishli transport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilinadi.

Byuroning viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida davlat raqami 50 K 955 NA “DAF TRUCKC TE 95 XF 480” rusumli yuk trasnporti Namangan shahrida topildi.

Hozirda mazkur avtotraspor vositasini “E-IJRO AUKSION” orqali savdoga qo‘yish choralari ko‘rilmoqda.

Kiritildi: 13:48 09.06.2019. O'qildi: 1561 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!