"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl yozda erkin agent maqomida ispan klubidan ketadi.
"Hali keyingi klub haqida o‘ylaganim yo‘q. Bu faqatgina yangi mish-mishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Keyin bu ish bilan hali shug‘ullanganim yo‘q", - deydi Beyl.
Beyl joriy mavsum madridliklar tarkibida 5ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.