Bugun 14 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

G‘arbda Ukrainaning hududlardan voz kechishi NATOga qo‘shilish sharti deb atalgan

G‘arbda Ukrainaning hududlardan voz kechishi NATOga qo‘shilish sharti deb atalgan

G‘arbning fikricha, Ukraina mojaroga barham berish va Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilish uchun Rossiyaga hududini berishi kerak bo‘ladi. Bu haqda Financial Times gazetasi G‘arbning anonim yuqori martabali mulozimiga tayanib yozmoqda .

Uning so‘zlariga ko‘ra, hududni NATOga a’zo bo‘lish imkoniyatiga «almashtirish» «yagona mumkin bo‘lgan variant».

FT manbasi aytganidek, «hamma buni biladi», lekin hech kim buni ochiq aytmaydi.

Bu G‘arbning yagona strategiyasi, deydi ismini oshkor etmagan rasmiy.

Shu bilan birga, Ukraina rahbariyatidagi manba Rossiyaning Ukrainani alyansga qo‘shilishiga ruxsat berishiga shubha bildirdi.

FT shuningdek, manbalarga tayanib, AQSh prezidenti Jo Bayden vakolat muddati tugagunga qadar Ukrainaning NATOga kirishi masalasida ma’lum yutuqlarga rozi bo‘lishi mumkinligini xabar qildi.

Shu bilan birga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on NATOga a’zo ko‘plab davlatlar Ukrainaning ittifoqqa qo‘shilishini istamasligiga e’tibor qaratdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi navbatda Vashington buni xohlamaydi.

Kiritildi: 01:20 02.10.2024. O'qildi: 1165 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!