Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

G‘alati davlatlar ro‘yxati: poytaxtsiz, konstitusiyasiz, armiyasiz...

G‘alati davlatlar ro‘yxati: poytaxtsiz, konstitusiyasiz, armiyasiz...

unyoda ikkita bir xil davlat uchramaydi. Ikki yuzdan ortiq mamlakatlar shu qadar rang-barangki, ular orasida davlatchilikning oddiy elementlari bo‘lmagan vakillarning ham borligi kishini hayratlantiradi.

Konstitusiyaning nima keragi bor?

Mutlaq ko‘pchilik davlatlar o‘z konstitusiyasiga ega va barcha qonunlar o‘sha konstitusiyaga muvofiq kelishi lozim. Lekin juda oddiy tuyulgan shu talabdan chekingan davlatlar talaygina va ular ham binoyidek turmush kechirishmoqda. Bunday davlatlar orasida hatto yuksak taraqqiy etganlari ham borligi hayratlanarli. Keling, ular bilan tanishamiz:

1. Buyuk Britaniya;

2. Kanada;

3. Yangi Zelandiya;

4. Shvesiya (umumiy konstitusiya yo‘q, lekin qonunlardan baland turuvchi aktlar mavjud);

5. San-Marino;

6. Isroil;

7. Liviya (uzoq yillik urushlar natijasida konstitusiya bekor qilingan. Keyinchalik Konstitusion assambleya tuzilgan va bu hujjat ustida ishlangan).

Poytaxtsiz ham yashash mumkin

Dunyoda rasmiy poytaxti bo‘lmagan davlatlar ham bor va ular soni bir emas, ikkita. Bittasi haqida ko‘pchilik eshitgan – ekvatordan 42 km narida, Tinch okeanida joylashgan bu mitti davlatda 15 mingga yaqin aholi yashaydi. Nauruning kichik davlatligi poytaxti yo‘qligiga asos bo‘lar, ammo rasmiy poytaxtsiz ikkinchi davlat nomini eshitsangiz hayron qolasiz. Bu Shveysariya! Ha, aynan Shveysariya rasmiy poytaxtga ega emas. To‘g‘ri, davlatchilikning ko‘plab institutlari Bern shahrida joylashgan. Ammo Bern konfederasiyalardan birining markazi, federal ahamiyatga ega shahar xolos.

Armiyasiz davlatlar ham bor

Hamma davlatlar o‘z armiyasiga ega degan aqidadan chetlashgan davlatlar ham anchagina. Ularning aksariyati “katta og‘alar” himoyasida bo‘lsa, ayrimlari mamlakat mudofaasida armiyadan emas, polisiya, ko‘ngillilar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchilarga suyanishni rejalashtirganlar. Lekin boshlariga urush tushsa, qanday yo‘l tutishlarini hozircha hech kim bilmaydi. Bunday davlatlar bilan tanishing:

·        Andorra;

·        Vanuatu;

·        Vatikan (Rim papasi qo‘riqchilari muqaddam Vatikan qurolli kuchlari maqomida bo‘lishgan);

·        Gaiti respublikasi;

·        Grenada;

·        Islandiya (doimiy bo‘lmagan tuzilmalar mavjud, lekin sohil qo‘riqchilari muntazam ishlaydi);

·        Kiribati;

·        Kosta-Rika;

·        Lixtenshteyn;

·        Marshall orollari;

·        Mavrikiy;

·        Mikroneziya Federativ Shtatlari;

·        Monako (umuman olganda 200 nafardan ko‘proq askar turli qismlarda xizmat qiladi, lekin ularni muntazam armiya deyish qiyin);

·        Nauru;

·        Palau;

·        Panama (Milliy gvardiya mavjud);

·        Samoa;

·        Sent-Vinsent va Grenadinalar;

·        Sent-Lyusiya;

·        Solomon orollari;

·        Tuvalu;

·         Yaponiya (rasman Yaponiya har qanday harbiy qo‘shinlar tuzishi taqiqlanishi haqida bu davlat konstitusiyasining to‘qqizinchi moddasida yozilgan. Ammo shunday yirik va rivojlangan davlatning qurolli kuchlari bo‘lmasligi mumkin emas. Shu bois o‘ziga xos so‘z o‘yini qilingan va Yaponiyaning rasmiy armiyasi bo‘lmagani holda mudofaa qo‘shinlari mavjud).

Kiritildi: 05:19 21.07.2019. O'qildi: 4872 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!