Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, g‘alaba rejasining ikkinchi bandini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun quyidagilar kerak:
• tuprog‘imizda bufer zonalarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida dushman hududining ma’lum hududlarida Ukraina mudofaa kuchlarining operasiyalarini muvaffaqiyatli davom ettirish;
• Ukraina mudofaa kuchlari pozisiyalarini qaytarib bo‘lmaydigan darajada mustahkamlash va Ukrainaning bosib olingan hududida Rossiyaning hujumkor salohiyatini yo‘q qilish;
• Ukraina Qurolli Kuchlari uchun zaxira brigadalarini jalb qilishda hamkorlarning yordami;
• Ukraina havo mudofaasini Ukraina shahar va qishloqlarini Rossiya raketalari va dronlaridan himoya qilish uchun yetarli darajaga olib chiqish va hamkorlarning havo qalqonidan foydalanish doirasida Rossiya raketalari va dronlarini urib tushirish uchun Yevropadagi qo‘shnilari bilan qo‘shma himoya operasiyalari;
• Ukraina raketalari va dronlaridan foydalangan holda operasiyalarni kengaytirish, shuningdek, Ukrainada ularni ishlab chiqarishni kengaytirishga sarmoya kiritish;
• Rossiya tomonidan bosib olingan Ukrainaning butun hududida va Rossiya hududida - harbiy infratuzilma ob’ektlari bo‘yicha uzoq masofaga otadigan qurollar qo‘llanilishiga sheriklar tomonidan cheklovlarni olib tashlash va Ukrainaga tegishli uzoq masofaga otadigan raketalar, dronlar va boshqa qirg‘in qurollarini taqdim etish;
• Ukrainaga real vaqt rejimida sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari va boshqa razvedka vositalari tomonidan olingan ma’lumotlarni taqdim etish.
Zelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina g‘alaba rejasidagi mudofaa punktining har bir kichik bandi uchun sheriklariga aniq asos taqdim etadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rejaning ushbu bandi maxfiy ilovani o‘z ichiga oladi va unga tegishli harbiy yordam salohiyatiga ega bo‘lgan sheriklar kirish huquqiga ega.