Kecha, 23 dekabr kuni soat 12:24 da Toshkent viloyati FVB Bo‘stonliq tumani Ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli boshqarmasiga "Qoramozor" mahallasi Chaxcham qishlog‘i hududidagi "Suron ota" tog‘iga besh nafar fuqaro sayr qilish maqsadida borib, yo‘ldan adashib qolganligi haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadidan bir guruh qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan va olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida fuqarolar sog‘-salomat xavfsiz hududga olib tushilgan. Tan jarohati olgan yo‘q.