Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

FVV qutqaruvchilari inson hayotini saqlab qoldi

FVV qutqaruvchilari inson hayotini saqlab qoldi

Kuni kecha, Toshkent shahar FVB qutqaruvchilari Yangihayot tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosida xizmat olib borayotgan vaqtda bir fuqaro suvda xushsiz xolda oqib kelayotganligini ko‘rgan. Qutqaruvchilar zudlik bilan qutqarish ishlarini olib borib, ushbu fuqaroni suvdan olib chiqqan va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. Shundan so‘ng malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida tibbiyot xodimlariga topshirgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi.

Ma’lum bo‘lishicha ushbu fuqaro baliq tutish maqsadida daryoga borganda oyoq kiyimi suvga tushib ketgan va uni olaman deb tushgan vaqtda daryo suvi tez oqayotganligi sababli muvozanatni yo‘qotib o‘zi ham oqib ketgan.

Hurmatli fuqarolar suv havzalari va uning bo‘ylarida ehtiyotkor bo‘lish hamda xavfsizlik choralariga amal qilishingizni so‘raymiz.

Kiritildi: 12:32 20.06.2024. O'qildi: 607 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!