Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Futbol: O‘zbekiston U-17 terma jamoasi JChni yirik mag‘lubiyat bilan boshladi

A A A
Futbol: O‘zbekiston U-17 terma jamoasi JChni yirik mag‘lubiyat bilan boshladi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Indoneziyada boshlangan jahon chempionatini mag‘lubiyat bilan boshladi.

Bugun Maliga qarshi maydonga tushgan o‘zbekistonlik futbolchilar 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Raqiblar birinchi golni 30-daqiqada kiritishdi. Ikkinchi gol esa Behruz Jo‘matov raqib futbolchisiga qo‘pollik ishlatgani uchun belgilangan 72-daqiqadagi penaltidan kiritildi. Uchinchi to‘p ham uch daqiqa o‘tar-o‘tmas o‘zbekistonlik darvozasini ishg‘ol qildi. Har uchta golga Mali himoyachisi Mamadu Dumbiya mualliflik qildi.

Futbol bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichida O‘zbekiston "B" guruhidan joy olgan. Mazkur guruhda o‘zbekistonliklarga Ispaniya, Kanada hamda Mali termalari raqiblik qilmoqda.

Musobaqa 10 noyabrdan 2 dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi. Unda 24 ta jamoa g‘oliblik uchun kuch sinashishni boshlagan.

Kiritildi: 16:36 10.11.2023. O'qildi: 2449 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!