Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Fuqarolarning kreditlarini o‘zlashtirgan bank filiali sobiq rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Fuqarolarning kreditlarini o‘zlashtirgan bank filiali sobiq rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quyichirchiq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, AT “Xalq banki” Do‘stobod filiali sobiq rahbari va boshqalar 2019-2020 yillarda 6 nafar fuqaroning xabarisiz hujjatlarni soxtalashtirib, ularning nomiga jami 119,1 mln so‘m iste’mol kreditlarini rasmiylashtirib, kredit mablag‘ini ushbu fuqarolar nomiga ochilgan plastik kartalarga o‘tkazish orqali naqdlashtirib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan bank filiali sobiq boshqaruvchisi B.O. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi va 209-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:06 05.02.2021. O'qildi: 1942 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!