Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Fuqarolarga xonadon olib berishni va’da qilgan MCHJ rahbarining kirdikorlari fosh bo‘ldi

Fuqarolarga xonadon olib berishni va’da qilgan MCHJ rahbarining kirdikorlari fosh bo‘ldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.” MCHJ rahbari U.G., yordamchisi R.D. va boshqalar noqonuniy boylik orttirish maqsadida, turli xil tadbirlar o‘tkazish yo‘li bilan fuqarolarning ishonchini suiiste’mol qilib, go‘yoki ular rahbarlik qilayotgan MCHJ orqali ko‘p qavatli turar-joy binosini qurishda ulushli ishtirok etish to‘g‘risida yuzaki “fiktiv” shartnomalar tuzib, xonadonlarni imtiyozli shartlar asosida olib berishni va’da qilib, 31 nafar fuqaroning 25 000 AQSh dollari va 291 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:33 17.09.2021. O'qildi: 1618 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!