Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Fuqaroga soxta kadastr hujjatlarini tayyorlab bergan sobiq mutaxassisning qilmishi fosh bo‘ldi

Fuqaroga soxta kadastr hujjatlarini tayyorlab bergan sobiq mutaxassisning qilmishi fosh bo‘ldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jondor tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastr davlat korxonasi Jondor tuman filiali sobiq mutaxassisi A.Q. fuqaro G.ning “Dalmunobod” MFYda joylashgan 6 sotix yer maydonida noqonuniy qurilgan uy-joyini hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 300 AQSh dollarini olib, soxta kadastr hujjatlarini tayyorlab berganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.Q.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:44 06.04.2021. O'qildi: 2393 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!