Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Fuqaro kredit qarzini to‘lashga majbur bo‘ldi

Fuqaro kredit qarzini to‘lashga majbur bo‘ldi

Kreditlar o‘z vaqtida qaytarilmaganligi oqibatida banklarning da’vo arizalariga asosan qarzdorliklar sud tartibida majburiy undirilmoqda.

Boshqarma ish yurituvidagi hujjatga ko‘ra, undiruvchi ATB “Asakabank” Buxoro filiali foydasiga Buxoro tumanida yashovchi qarzdor fuqarodan 118 mln so‘m kredit qarzini undirish belgilangan.

Qarzdorga kreditni ixtiyoriy ravishda to‘lash uchun berilgan muddatda ijro hujjati talablari bajarilmagani sababli, uning respublikadan chiqish huquqi vaqtincha cheklangan hamda nomidagi mol-mulklarga taqiq qo‘yilib, “Malibu-2” rusumli avtomobiliga qidiruv e’lon qilingan.

Qidiruv tadbirlari davomida avtomashina Buxoro shahri hududida aniqlanib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Shundan so‘ng kredit va boshqa qarzdorliklar to‘liq bartaraf etildi.

Mazkur tadbirlar davom etmoqda.

Kiritildi: Bugun 17:23. O'qildi: 219 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!