Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Fuad Shukurning o‘ldirilishiga javob bo‘lgan zarbalarda 320 ta raketa otildi

Fuad Shukurning o‘ldirilishiga javob bo‘lgan zarbalarda 320 ta raketa otildi

Livandagi Hizbulloh harakati Isroilga qarshi javob zarbalarining birinchi bosqichini yakunlab, 320 ta raketa otgan.

Hizbullohga ko‘ra, zarbalar Bayrutdagi harakat qo‘mondonlaridan biri Fuad Shukurning o‘ldirilishiga javob bo‘lgan.

Uchuvchisiz havo vositalari Isroil harbiy kazarmalari va inshootlariga hujum qildi, Jelil va bosib olingan Golan tepaliklaridagi kazarmalarga 320 ta Katyusha raketasi tushdi.

Hizbulloh operasiyaning boshqa tafsilotlarini keyinroq e’lon qilishga va’da berdi.

Avvalroq Isroil Livanga hujumlar boshlanganini, Hizbulloh esa Fuad Shukurning o‘ldirilishiga javoban o‘ch olish operasiyasini e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 12:37 25.08.2024. O'qildi: 1546 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!