Germaniya kansleri Fridrix Mers Kiyevga oldindan e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi.
Bu haqda Reuters xabar berdi.
Mersga Germaniya iqtisodiyot vaziri Katarina Rayxe va iqtisodiy delegasiya hamrohlik qilmoqda.
Germaniya hukumati vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Mers Kiyevga 1 milliard yevro miqdorida harbiy yordam va Ukraina energetika sohasini qo‘llab-quvvatlash uchun 350 million yevro ajratilishini e’lon qiladi.
Bundan tashqari, Germaniya delegasiyasining Kiyevga tashrifi davomida turli xil uchuvchisiz uchish apparatlarini birgalikda ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv imzolanishi kutilmoqda.