Bugun 25 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Fransiyada yangi hukumat tarkibi tasdiqlandi

Fransiyada yangi hukumat tarkibi tasdiqlandi

"Elisey saroyi bosh kotibi Fransiyaning yangi hukumati tarkibini e’lon qildi, unga bosh vazir Fransua Bayru boshchilik qiladi", deb yozadi Le Monde.

Ichki ishlar vaziri Bryuno Retayo, Tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro, Mudofaa vaziri Sebastyan Lekornyu va yana to‘rt vazir o‘z lavozimlarini saqlab qoladi. Fransiyaning sobiq bosh vaziri Elizabet Born Milliy ta’lim vazirligini boshqaradi, sobiq Ichki ishlar vaziri Jerald Dermanen esa Adliya vaziri lavozimini egallaydi.

Dekabr oyi boshida Fransiya parlamenti 1962 yildan beri birinchi marta ko‘pchilik ovoz bilan hukumatga ishonchsizlik bildirdi va iste’foga chiqardi. Bunga bosh vazir Mishel Barnye hukumati byudjet loyihasini parlament bilan kelishilmagan holda qabul qilgani sabab bo‘lgan edi. 13 dekabr kuni prezident Emmanuyel Makron Fransua Bayruni yangi bosh vazir etib tayinladi.

Kiritildi: 10:50 24.12.2024. O'qildi: 608 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!