Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Fransiyada o‘rmon yong‘ini 1500 gektar maydonni qamrab oldi

Fransiyada o‘rmon yong‘ini 1500 gektar maydonni qamrab oldi

Fransiyaning janubi-g‘arbiy qismidagi Pireney-Sharqiy departamentida sodir bo‘lgan yirik o‘rmon yong‘ini allaqachon 1500 gektar maydonni qamrab olgan.

Bu haqda departament prefekti Pyer Reno ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in 18 kilometrga cho‘zilgan. Yong‘inni o‘chirish uchun 700 nafar o‘t o‘chirish va qutqaruv xodimlari, taxminan 200 ta transport vositasi, to‘qqizta samolyot va vertolyot safarbar qilingan.

Prefektning ta’kidlashicha, faqat yakshanba kuni kechqurun yong‘in Trivellas kommunasi yaqinidagi 900 gektardan ortiq maydonga tarqalgan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, kuchli shamol va qiyin relyef yong‘inni o‘chirishni imkonsiz qilgan.

Reno shuningdek, rasmiylar kun oxiriga qadar Tur de Fransning bir bosqichini bekor qilishga qaror qilishlari mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Kiritildi: 08:51 06.07.2026. O'qildi: 728 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!