Fransiya Ichki ishlar vazirligi rahbari Jerald Darmaninning aytishicha, mamlakatdagi tartibsizliklar vaqtida huquq-tartibot idoralari xodimlari 4 ming kishini hibsga olgan.
Bu haqda fransuz vaziri Senatdagi tinglovda aytdi.
“To‘polonlar chog‘ida 4 ming kishi hibsga olindi, ularning o‘rtacha yoshi 17 yoshni tashkil etdi”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan TASS.
Darmaninning so‘zlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlarning 10 foizi xorij fuqarolaridir.
Mahbuslarning eng yoshi 11 yoshda, deya qo‘shimcha qildi u.