Bugun 23 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Fransiyada Makronni prezidentlikdan chetlatilishini talab qilinmoqda

Fransiyada Makronni prezidentlikdan chetlatilishini talab qilinmoqda

Fransiyaning "Tur, Fransiya" partiyasi rahbari Nikola Dyupon-Enyan prezident Emmanuel Makron hokimiyatdan chetlatilishi kerakligini aytdi.

Siyosatchi bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilgan.

"Uni ishdan bo‘shatish hayotiy va shoshilinch masala" - deb yozgan Dyupon-Enyan.

Unga ko‘ra, Makron "Rossiya tahdidi" haqidagi tezisdan hokimiyatni saqlab qolish uchun foydalanmoqda va Fransiya fuqarolarining iqtisodiy ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Avvalroq, 5 mart kuni Fransiya prezidenti xalqqa murojaatida Yevropa Ittifoqini himoya qilish uchun yadro qurolidan foydalanish imkoniyatini muhokama qilish niyatida ekanini ma’lum qilgandi. Shuningdek, u Yevropa Ittifoqi davlatlarini mudofaa salohiyatini oshirishga chaqirdi.

Kiritildi: 22:22 21.03.2025. O'qildi: 1191 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!