Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Fransiyada G‘azo masalasi bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tadi

A A A
Fransiyada G‘azo masalasi bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tadi

Prezident Emmanuel Makron tashabbusi bilan Fransiyada G‘azo sektori aholisiga insonparvarlik yordam ko‘rsatish mavzusiga oid anjuman o‘tkaziladi.

Davlat vakillari, donorlar, G‘azoga yordam ko‘rsatayotgan xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etadigan konferensiyada oddiy aholini hamda gumanitar yordam ko‘rsatayotgan xodimlarni himoya qilish, shuningdek sog‘liqni saqlash, suv ta’minoti, energetika va oziq-ovqat sohalarida gumanitar yordamni oshirish uchun ko‘riladigan choralar aniqlab olinadi.

Elisey saroyi mas’ullari ta’kidlashicha, “G‘azodagi gumanitar vaziyat yaxshilanishi barchaning, jumladan Isroilning ham manfaatiga to‘g‘ri keladi”.

BMT ma’lumotiga ko‘ra, G‘azo aholisining 2023 yil oxirigacha insonparvarlik yordamiga muhtojligi 1,2 milliard dollarga baholangan.

Kiritildi: 11:15 10.11.2023. O'qildi: 1020 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!