Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Fransiyada bezgak epidemiyasi boshlanyaptimi?! 68 ta holat qayd etildi

Fransiyada bezgak epidemiyasi boshlanyaptimi?! 68 ta holat qayd etildi

Fransiya rasmiylari kasallanish holatlarining ko‘payishi tufayli mamlakatning Yevropa qismida denge va chikungunya isitmasi epidemiyalari paydo bo‘lishidan xavotirda.

Bu haqda BFMTV telekanali xabar berdi.

"Overn-Rona-Alp tog‘lari mintaqasida denge va chikungunya bezgagi bilan kasallanganlar soni keskin oshmoqda, sog‘liqni saqlash organlari epidemiyadan xavotirda," - deyiladi materialda.

Kasallik tarqalishiga qarshi kurashish uchun sog‘liqni saqlash tuzilmalari "oldini oluvchi yondashuv"dan foydalanmoqda. Aniqlik kiritilishicha, kasallikning tarqalishiga mintaqaga yo‘lbars chivinining kirib kelishi sabab bo‘lib, uning chaqishi orqali isitma yuqadi.

"1 maydan buyon mintaqaviy sog‘liqni saqlash agentligi tomonidan denge bezgagi bilan bog‘liq 31 ta va chikungunya bezgagi bilan bog‘liq 37 ta holat qayd etilgan," - deya ta’kidlaydi telekanal.

Kiritildi: 07:15 27.05.2025. O'qildi: 679 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!