Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Fransiyada afsonaviy qo‘shiqchi vafot etdi

Fransiyada afsonaviy qo‘shiqchi vafot etdi

Fransiyada shanson afsonasi, qo‘shiqchi va aktrisa Jyulyett Greko 23 sentyabr chorshanba kuni 93 yoshida vafot etdi.

Ikkinchi Jahon urushi paytida qarshilik ko‘rsatish harakatining faol ishtirokchisi bo‘lgan Jyulyettning qo‘shiqchi sifatidagi faoliyati urushdan keyingi davrda rivojlangan. Uning birinchi albomi 1951 yilda chiqarilgan va fransuz shansonining klassikasiga aylangan.

Uning uchun qo‘shiqlar, xususan, Sharl Aznavur tomonidan yozilgan.

1950-yillarning o‘rtalariga kelib Jyulyett Greko birinchi fransuz pop yulduziga aylangan.

Xuddi shu davrda Greko kino sanoatidagi karyerasini boshlagan. U "Orfey", "Quyosh ham ko‘tariladi", "Generallar kechasi", " Belfegor - Luvrning ruhi" va boshqa filmlarda suratga tushgan.

 

 

Kiritildi: 20:03 24.09.2020. O'qildi: 2424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!