Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Fransiyada 600 nafar askar koronavirus yuqtirdi

A A A
Fransiyada 600 nafar askar koronavirus yuqtirdi

Fransiya Mudofaa vaziri Florens Parli 600 ga yaqin fransuz askari koronavirusga chalinganini aytdi.

Juma kuni Fransiya sog‘liqni saqlash Bosh boshqarmasi boshlig‘i Jerom Salomon respublikada koronavirusdan vafot etganlar soni 6,5 ming kishidan oshganini, mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 64,338 kishiga yetganini qayd etdi.

"600 ga yaqin harbiylarimiz COVID-19 virusini yuqtirishdi. Biz vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqdamiz va shunga muvofiq jangovor tuzilmalarni nazorat qilyapmiz. Virus jangovar tayyorgarligimizga ta’sir qilmaganligini aniqlashtirishni istayman", dedi vazir. Uning so‘zlarini "Progres" gazetasi keltiradi.

Parlining qo‘shimcha qilishicha, oldinroq mudofaa tizimida ishlagan Fransiya Qurolli kuchlari xizmatchilaridan biri koronavirusdan vafot etgan.

Kiritildi: 12:50 04.04.2020. O'qildi: 2493 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik