Bugun 5 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Fransiyada 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiyada 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiyada norozilik namoyishlari vaqtida ta’lim muassasalarida zo‘ravonlik va vandalizm holatlari kuzatildi. Kamida 24 ta maktabga o‘t qo‘yilgan yoki ular vayron qilingan. Bu haqda mamlakat ta’lim vaziri Eduar Jefrega tayanib, Le Figaro ma’lum qildi.

Vazirning aytishicha, juma kuni Fransiya bo‘ylab 400–500 ta ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan. Dushanba kuni ham shuncha maktab va boshqa ta’lim muassasasida mashg‘ulotlar to‘xtatilishi kutilmoqda.

Jefrening qayd etishicha, darslar barcha muassasalarda birdaniga emas, bosqichma-bosqich va qisman tiklanadi.

Shuningdek, voqealar boshlanganidan buyon ta’lim tizimining 78 nafar xodimi jarohatlangan.

Kiritildi: 23:40 04.10.2026. O'qildi: 576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!