Jan-Noel Barro bu haqda Kiyevga tashrifi davomida ma’lum qildi.
"Bu mavzuda ittifoqchilar bilan muzokaralar davom etmoqda. Shuningdek, Fransiya Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning “g‘alaba rejasi”ni qo‘llab-quvvatlaydi", — deya ta’kidladi Fransiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari
Shuningdek, Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro "Shimoliy Koreyaning Ukrainaga qarshi Rossiyani qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shin yuborishi mojaroni kuchaytiradi, lekin bu Rossiyaning urushda qiyinchiliklarga uchrayotganini ham ko‘rsatadi", deya fikr bildirdi