Bugun 7 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Fransiya sudi Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asadni hibsga olish to‘g‘risida order chiqardi — France 24

 Fransiya sudi Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asadni hibsga olish to‘g‘risida order chiqardi — France 24

Telekanalning xabar berishicha, order amerikalik 56 yoshli jurnalist Mari Kolvin va 28 yoshli fransuz fotografi Remi Oklining o‘limi bilan bog‘liq ish doirasida berilgan. Ular 2012 yilda Suriyaning Homs shahri Bashar Asad hukumati qo‘shinlari tomonidan bombardimon qilinishi oqibatida halok bo‘lgan. Fransiya hukumati ularning o‘limini “insoniyatga qarshi jinoyat” va “harbiy jinoyat” sifatida tergov qilmoqda.

2024 yil dekabrida Bashar Asad rejimi ag‘darilgan, sobiq prezident esa Rossiyaga qochib ketgan edi. Kreml rasmiy ravishda unga “gumanitar maqsadda” siyosiy boshpana berganini bildirgan.

Kiritildi: 13:06 03.09.2025. O'qildi: 519 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!