Fransiya sudi Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov tomonidan mamlakatdan chiqish haqida qilgan iltimosini ikkinchi bor rad etdi. Bu haqda Human Rights Foundation (HRF) tashkiloti ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Durov Norvegiya poytaxti Osloga borishni rejalashtirgan edi. U yerda Oslo Freedom Forum 2025 anjumani bo‘lib o‘tadi, unda Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniyning rafiqasi Yuliya Navalnaya HRF rahbari sifatida ishtirok etadi va tadbirga boshchilik qiladi.
Human Rights Foundation ta’kidlashicha, Pavel Durov tadbirda inson huquqlari va so‘z erkinligiga oid dolzarb mavzularda so‘zga chiqishi kerak edi. Ammo Fransiya sudining qarori tufayli u Norvegiyaga borish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.
Sudning bu qarorining aniq sabablari ko‘rsatilmagan, ammo ayni vaqtda Pavel Durov Fransiyada muayyan tergov ishi doirasida huquqiy tekshiruv ostida ekani xabar qilingan.