Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Fransiya "Rossiyaning mohiyatini tushunmayapti"

A A A
Fransiya "Rossiyaning mohiyatini tushunmayapti"

Fransiya tinchlik yo‘lida emas, balki "Rossiyaga bosimni kuchaytirish yo‘lida turibdi," deb ta’kidladi Rossiya Federasiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

"Fransiya hamon Rossiyadan bosim orqali nimadir qo‘lga kiritish mumkin deb o‘ylamoqda, bu esa mamlakatimiz mohiyatini mutlaqo tushunmaslikdan dalolat beradi," - dedi Peskov va Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning "haqiqiy vaziyatni anglamayotganidan" afsuslanganini bildirdi.

Fransiya rahbari bir necha bor Rossiyaga bosimni kuchaytirishga da’vat etgan edi. 26 may kuni u amerikalik hamkasbi Donald Trampning Vladimir Putinga nisbatan tanqidiy fikrlaridan so‘ng, bu "g‘azab"ning "harakatlarga," xususan, "ancha keng qamrovli sanksiyalar paketi"ga aylanishiga umid bildirgandi.

O‘shanda AQSh prezidenti Putin Ukrainada dronlar va raketalarni ishga solib, "butunlay aqldan ozganini" va "behuda ko‘plab odamlarning joniga qasd qilayotganini" aytgan edi. Bundan tashqari, u Moskvaga qarshi sanksiyalar joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 21:04 31.05.2025. O'qildi: 723 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!